Tadbirkor bilan uchrashuv: mavjud muammolar o‘rganildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati O‘.Shukurov Istiqbol mahallasida faoliyat yuritayotgan fuqaro Abdullayev Izzatullaning oilaviy chorvachilik va yilqichilik fermasi faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganish davomida xo‘jalikning ishlab chiqarish quvvatlari, chorva soni, yaratilgan ish o‘rinlari hamda faoliyatni yanada kengaytirish rejalari ko‘zdan kechirildi.
Tadbirkor tomonidan xo‘jalikni rivojlantirish, chorva bosh sonini ko‘paytirish va ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadida 1 milliard so‘m miqdorida kredit olish yuzasidan amaliy ko‘mak so‘raldi.
Deputat murojaatni tinglab, masalani amaldagi qonunchilik va belgilangan tartiblar asosida mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda ko‘rib chiqish hamda tadbirkorning murojaati yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rishini ma’lum qildi.