Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan 2027-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan hududiy rivojlantirish dasturlariga aholi murojaatlari, saylovchilar takliflari hamda hududlarning dolzarb ehtiyojlaridan kelib chiqib takliflar kiritilmoqda.
🗣 15-Mustaqillik saylov okrugi deputati Ochilov Jamshid Ubaydullayevich tomonidan quyidagi ustuvor takliflar ilgari surildi:
🔹 Temirxo‘ja mahallasida aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 1 ta ichimlik suvi inshooti qurish.
🔹 Temirxo‘ja oilaviy shifokorlik punkti (OShP) binosini kapital ta’mirlash, aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash.
🔹 Mehnat mahallasidagi Yakdil ko‘chasining 1 kilometr qismini asfaltlashtirish, transport qatnovi va piyodalar harakati uchun qulay sharoit yaratish.