35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Murojaatlar o‘rganilib, masalalar nazoratga olindi
янв.21
Kengash va “Madad” NNT hamkorligi fuqarolarning huquqiy himoyasi e’tiborda.
янв.21
“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi
янв.21
Viloyatda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
Oliy Majlis Senatida mahalliy Kengashlar faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilindi (https://t.me/senatuz/46470)
янв.21
Deputat nazorati: xotin-qizlar murojaatlari e’tibor markazida.
янв.21
Yoshlar masalalari — deputat nazoratida.
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI VA MUAMMOLARNI O‘RGANISH — E’TIBOR MARKAZIDA.
янв.21
ANGORDA ZAMONAVIY “YOSHLAR SAYILGOHI” BARPO ETILMOQDA.
#kotibiyat_xodimi_faoliyati

#kotibiyat_xodimi_faoliyati

🇺🇿Kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Ergasheva Yangi shahar mahallasida Hokim yordamchisi ishini ko‘zdan kechirdi


Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Ergashevaga biriktirilgan saylov okrugidan Yangi shahar mahallasi hokim yordamchisining faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganish davomida aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish hamda fuqarolarning daromad manbalarini ko‘paytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

✅ Shuningdek, tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar, imtiyozli kredit va subsidiya olish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan amaliy yordam, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda mahalladagi muammolarni hal etish yuzasidan belgilangan vazifalar muhokama etildi.

✅ O‘rganish yakunida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, aholi murojaatlari bilan manzilli ishlash va belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.