#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#nazorat_tahlil
Hududdagi infratuzilma loyihalari bilan tanishildi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev xalq deputatlari tuman Kengashiga 15-Zarkamar saylov okrugidan saylangan deputat A.Xolmo‘minov hududidagi "Kunchiqish" mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari bilan tanishdi.
O‘rganish davomida mahalladagi ko‘chalarni asfaltlashtirishga tayyorlash ishlari ko‘zdan kechirilib, mahalla raisi bilan suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar muhokama qilindi.
Shuningdek, infratuzilma loyihalarini belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda hududni yanada obod qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
Deputatlik nazorati doirasida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, amalga oshirilayotgan ishlarning borishi yuzasidan nazorat davom ettirilishi belgilandi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram