35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi
янв.21
Viloyatda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
Oliy Majlis Senatida mahalliy Kengashlar faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilindi (https://t.me/senatuz/46470)
янв.21
Deputat nazorati: xotin-qizlar murojaatlari e’tibor markazida.
янв.21
Yoshlar masalalari — deputat nazoratida.
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI VA MUAMMOLARNI O‘RGANISH — E’TIBOR MARKAZIDA.
янв.21
ANGORDA ZAMONAVIY “YOSHLAR SAYILGOHI” BARPO ETILMOQDA.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari – doimiy e'tibor markazida.
янв.21
Mahallaga biriktirilgan bank agenti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xotin -qizlar bilan ishlash tizimi joylarda o'rganildi.
O‘rganish

Tuman Kengashi deputati M. Turg‘unovga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G. Shodiyeva tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 15 oktyabrda qabul qilingan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–641-son Qonuni ijrosining ta’minlanish holati o‘rganildi.
🔰Qonun nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, ularni kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, ijtimoiy xizmatlardan teng foydalanish imkoniyatlarini yaratish hamda ularning jamiyat hayotida to‘laqonli ishtirokini ta’minlashga qaratilgan.

🔰O‘rganish jarayonida markaz tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini amalga oshirish, murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish hamda ijtimoiy xizmatlarni qonunchilik talablari asosida tashkil etish holati ko‘zdan kechirildi.

Slide 1 of 5