35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi
янв.21
Viloyatda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
Oliy Majlis Senatida mahalliy Kengashlar faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilindi (https://t.me/senatuz/46470)
янв.21
Deputat nazorati: xotin-qizlar murojaatlari e’tibor markazida.
янв.21
Yoshlar masalalari — deputat nazoratida.
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI VA MUAMMOLARNI O‘RGANISH — E’TIBOR MARKAZIDA.
янв.21
ANGORDA ZAMONAVIY “YOSHLAR SAYILGOHI” BARPO ETILMOQDA.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari – doimiy e'tibor markazida.
янв.21
Mahallaga biriktirilgan bank agenti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xotin -qizlar bilan ishlash tizimi joylarda o'rganildi.
Hududdagi umumiy ovqatlanish shoxobchalarida sanitariya holati o‘rganildi

 O‘rganish davomida oshxonalarning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish xonalari, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoitlari, xodimlarning sanitariya qoidalariga amal qilishi, oshxona jihozlarining holati hamda iste'molchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, sanitariya-gigiyena me'yorlariga qat'iy rioya etish, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta'minlash, tozalikni doimiy nazoratda saqlash hamda aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish masalalari yuzasidan mas'ullar bilan fikr almashildi.

Deputat tomonidan aholining salomatligini muhofaza qilishda umumiy ovqatlanish shoxobchalarida sanitariya talablariga qat'iy amal qilish muhim ahamiyat kasb etishi, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish va xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Hududlarda bunday o‘rganishlarni muntazam tashkil etish sanitariya madaniyatini yuksaltirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qiladi.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi

Slide 1 of 1