Joriy yilning 16 iyul kuni 1-Bobur saylov okrugidan O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat D.Po‘latov, 1-Bobur saylov okrugida joylashgan 19-Musiqa maktabida bo‘lib Hududdagi madaniyat muassasalari va muzeylar, kutubxonalar holati bo‘yicha o‘rganish o‘tkazdi.
O‘rganishda Musiqa maktabida jami 460 nafar o‘quvchi bo‘lib shundan joriy yilda 46 nafar o‘quvchi bitirdi. Respublika tanlovida 12 nafar o‘quvchi lauriyat bo‘lishdi. Musiqa maktabi ta’til kunlarida o‘z hisobidan ta’mirlash ishlarini olib bormoqda.