Yangi Xo‘jabod mahallasi Kengash raisi nazoratida
Tuman Kengashi raisi N.Abrarov,"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi viloyat Kengashi vakillari, kotibiyati bosh mutaxassisi D.Marasulov hamda partiyaga a’zo tuman Kengashi deputatlari Yangi Xo‘jabod mahallasiga tashrif buyurishdi.
Mahalla raisi, ijtimoiy xodim va yoshlar yetakchisining o‘z faoliyati yuzasidan amalga oshirayotgan ishlari ko‘rib chiqildi. Jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi ishlar muhokama qilindi.
Mahallaga kelib tushayotgan fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish holati, ularning ijrosi, "mahallabay" ishlash tizimi doirasida olib borilayotgan ishlar hamda davlat dasturlari va ijtimoiy loyihalarning amalga oshirilishi yuzasidan mas’ullar bilan suhbatlashildi.