Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mahallaga biriktirilgan bank agenti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xotin -qizlar bilan ishlash tizimi joylarda o'rganildi.
янв.21
MAHALLADA FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o'rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati deputat nazoratida
янв.21
Mahalla yettilig faoliyatidan
янв.21
Navbatdagi sessiyaga kiritilgan masala yuzasidan o‘z saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati tahlilda: "Kayran" mahallasida aholi bandligi va tadbirkorlik masalalari o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik nazorati olib borildi.
янв.21
14-Kayran saylov okrugi deputati Rustam Primqulov haftalik ish rejasiga muvofiq o‘ziga biriktirilgan Angor tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limi faoliyatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
📌 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 125-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining **“Oilalarni kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan ko‘mak choralarini ko‘rsatishga doir tartib-taomillarni takomillashtirish to‘g‘risida”**gi 125-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
👥 O‘rganishda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining “Adolat” SDP deputatlik guruhi a’zosi, 19-Eshonqal’a saylov okrugi deputati Dilorom Qadamovna Shodonova hamda Kengash kotibiyati xodimi Umrbek Shavkatovich Ro‘zmetov ishtirok etdi.
📍 O‘rganish davomida Eshonqal’a mahallasi hududida faoliyat yuritayotgan "Nurjonbek Umidjon" xususiy sartaroshxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
💼 Mazkur tadbirkorlik subyekti 50 million so‘m miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘i evaziga o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan hamda 2 ta yangi ish o‘rni yaratishga erishgan.
📈 O‘rganish jarayonida aholini tadbirkorlikka jalb etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va oilalar daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy baholandi.
🤝 Bu kabi loyihalar hududda bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 3