Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mahallaga biriktirilgan bank agenti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xotin -qizlar bilan ishlash tizimi joylarda o'rganildi.
янв.21
MAHALLADA FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o'rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati deputat nazoratida
янв.21
Mahalla yettilig faoliyatidan
янв.21
Navbatdagi sessiyaga kiritilgan masala yuzasidan o‘z saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati tahlilda: "Kayran" mahallasida aholi bandligi va tadbirkorlik masalalari o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik nazorati olib borildi.
янв.21
14-Kayran saylov okrugi deputati Rustam Primqulov haftalik ish rejasiga muvofiq o‘ziga biriktirilgan Angor tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limi faoliyatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
Kengash_faoliyati

🏛 #ish_reja_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#kotibiyat_xodimi

✅ Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 16-"Qaldirg'och" saylov okrugidan saylangan deputati D. Qudratovga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati xodimi B. Qurbonov tomonidan "Qaldirg'och" mahallasining Qo‘rg‘onqala ko‘chasida o‘rganish ishlari olib borildi.

✅ O‘rganish jarayonida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi ishtirokida hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish doirasida amalga oshirilayotgan elektr uzatish ustunlarini o‘rnatish ishlari joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.
Qurilish-montaj ishlarining borishi, ularning amaldagi qurilish me'yorlari va texnik talablarga muvofiqligi yuzasidan atroflicha o‘rganish olib borildi.

✅ Tashrif davomida hududda olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari yuzasidan mas'ullar bilan fikr almashilib, ishlarning sifati, xavfsizlik talablariga to‘liq rioya etilishi hamda belgilangan muddatlarda yakunlanishini ta'minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Shu bilan birga, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, aholining murojaatlari va ehtiyojlarini inobatga olgan holda infratuzilma loyihalarini izchil davom ettirish zarurligi alohida ta'kidlandi.

✅ Fuqarolar uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy yashash muhitini yaratish, mahallalarda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish hamda hududlarni kompleks obodonlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan bunday amaliy ishlar deputatlik va jamoatchilik nazorati asosida muntazam monitoring qilinib, ularning samarali ijrosini ta'minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rib borilmoqda.

Slide 1 of 2