Farg'ona shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan PQ-1 va PQ-111 sonli qarorlar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni dastlabki tarzda mahallalarda eshitish to‘g‘risida
🏛 Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Kamalov, shahar Kengashi deputatlari B.Boxodirov, J.Arslonov, M.Tillyaxodjayev hamda mas'ul idora vakillari ishtirokida Farg‘ona shahar 25-Marg'ilon saylov okrugiga qarashli "Hamkorlik" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1 va PQ-111 sonli qarorlari hamda "Ichki ishlar organlari to‘g‘risida"gi Qonunning (O‘RQ–407-son) ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari yuzasidan mas’ullarning hisobotini dastlabki tarzda eshitishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
✅Ushbu eshitish jarayonida ichki ishlar organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan vakolatlar doirasida jamoat xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat hamda davlat manfaatlarini himoya qilish, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, kriminogen vaziyatni doimiy nazorat qilish hamda aholi bilan manzilli ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi atroflicha tahlil qilindi.
✅Shuningdek, yuqorida ta’kidlangan Prezident qarorlari hamda "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan vazifalar ijrosiga alohida e’tibor qaratildi. ✅Mahallada huquqbuzarliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan omillarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish, profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlash hamda hududni "qizil" toifadagi mahallalar ro‘yxatidan chiqarib, "yashil" hududga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning hisoboti tinglandi.
✅Muhokamalar davomida profilaktik hisobda turuvchi shaxslar bilan individual ishlash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, nizoli vaziyatlarning barvaqt oldini olish, fuqarolarning murojaatlari bilan manzilli ishlash hamda ichki ishlar organlari, mahalla fuqarolar yig‘ini, "mahalla yettiligi" va boshqa hamkor tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan amaliy taklif va tavsiyalar bildirildi.
✅Alohida ta’kidlanganidek, qonun ustuvorligini ta’minlash, jamoat xavfsizligini mustahkamlash, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish hamda "Xavfsiz mahalla" tamoyilini to‘liq qaror toptirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu bois, hududlarda qaror va qonunlar ijrosini tizimli nazorat qilib borish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish, profilaktika tadbirlarining samaradorligini oshirish hamda davlat organlari va jamoatchilikning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.
✅Hisobotni dastlabki tarzda eshitish yakunida qarorlar ijrosini yanada samarali tashkil etish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, kriminogen vaziyatni barqaror saqlash hamda mahallada tinch va osoyishta ijtimoiy muhitni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqildi.
🇺🇿 Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi
✅ Telegram |✅ Facebook | 📹 YouTube | 🌐 Instagram |🇺🇿 E-kengash.uz