#Nazorat_tahlil
#Kotibiyat_mudiri_faoliyati
"Takiya" mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev hamda Kengash huzuridagi Ekspertlar guruhi rahbari Y.Umbarov bilan birgalikda 3-Takiya saylov okrugidan saylangan deputat A.Abdinazarov hududidagi "Takiya" mahallasida o‘rganish olib bordi.
O‘rganish davomida tuman Kengashi qarori asosida yo‘l bo‘yidagi mahallalarda zamonaviy devorlar (yevrozaborlar) qurish uchun ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanilishi, shuningdek, amalga oshirilayotgan qurilish hamda obodonlashtirish ishlarining borishi joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.
Jarayonda qurilish ishlari sifati, belgilangan loyiha va muddatlarga rioya etilishi, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi. O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berilib, ishlarni belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar bildirildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram