Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mahallaga biriktirilgan bank agenti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xotin -qizlar bilan ishlash tizimi joylarda o'rganildi.
янв.21
MAHALLADA FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o'rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati deputat nazoratida
янв.21
Mahalla yettilig faoliyatidan
янв.21
Navbatdagi sessiyaga kiritilgan masala yuzasidan o‘z saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati tahlilda: "Kayran" mahallasida aholi bandligi va tadbirkorlik masalalari o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik nazorati olib borildi.
янв.21
14-Kayran saylov okrugi deputati Rustam Primqulov haftalik ish rejasiga muvofiq o‘ziga biriktirilgan Angor tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limi faoliyatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
Paxtakor mahallasida yo‘l infratuzilmasi va harakat xavfsizligi masalalari o‘rganildi

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda
#24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun #haftalik_ish_reja_ijrosi


Paxtakor mahallasida yo‘l infratuzilmasi va harakat xavfsizligi masalalari o‘rganildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputati Imamov Sabitjon Xudaynazarovich tomonidan 24 talik tavsiyalar ijrosi yuzasidan "8-Ko‘kcha-Oqtepa" saylov okrugidagi Paxtakor mahallasida yo‘l infratuzilmasi va harakat xavfsizligi masalalari o‘rganildi.

📊 O‘rganish davomida 24 talik tavsiyalarning - mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati, ko‘chalarning tungi yoritilishi, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklarni kamaytirish hamda yo‘l-transport hodisalari ko‘p sodir bo‘ladigan hududlarda YTHlarning oldini olishga qaratilgan bandlari ijrosi tahlil qilindi.

🚦 Jumladan, kichik halqa avtomobil yo‘lidagi piyodalar o‘tish joyida o‘rnatilgan bir tomonlama svetofor uskunasining nosozligi aniqlanib, mazkur holat yuzasidan shahar svetofor tarmoqlariga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga murojaat qilinib, nosozlikni bartaraf etish bo‘yicha buyurtma qoldirildi.

📁 Shuningdek, mahalladagi 86-uy oldidagi eskirgan ariqni yangisiga almashtirish zarurligi qayd etildi. Mazkur masala yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilandi.

📝 Bundan tashqari, mahallaga kirish qismidagi yo‘l tuman elektr tarmoqlari tomonidan qazilgan bo‘lishiga qaramay, bugungi kunga qadar asfalt qoplamasi tiklanmagani aniqlandi. Ushbu holat hamda o‘rganish davomida aniqlangan boshqa infratuzilmaviy muammolar bo‘yicha ham tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi.

🗂 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining "Yo‘l harakati to‘g‘risida" 2024-yil 19-yanvardagi O‘RQ-900-sonli Qonuni ijrosi va uning amaliyotdagi qo‘llanilishi yuzasidan ham o‘rganish olib borildi.

💼 O‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov ishtirok etdi.

Slide 1 of 6