Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mahallaga biriktirilgan bank agenti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xotin -qizlar bilan ishlash tizimi joylarda o'rganildi.
янв.21
MAHALLADA FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o'rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati deputat nazoratida
янв.21
Mahalla yettilig faoliyatidan
янв.21
Navbatdagi sessiyaga kiritilgan masala yuzasidan o‘z saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati tahlilda: "Kayran" mahallasida aholi bandligi va tadbirkorlik masalalari o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik nazorati olib borildi.
янв.21
14-Kayran saylov okrugi deputati Rustam Primqulov haftalik ish rejasiga muvofiq o‘ziga biriktirilgan Angor tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limi faoliyatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining III chaqiriq o'ttiz birinchi sessiyasi kun tartibidagi masalalar doimiy komissiyada muhokama qilindi

#doimiy_komissiya

Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining III chaqiriq o'ttiz birinchi sessiyasi kun tartibidagi masalalar doimiy komissiyada muhokama qilindi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash, huquqiy va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda:

✍️ "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi Xalq qabulxonasining 2026 yil birinchi yarim yilligida tumandagi davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan axboroti to‘g‘risida" tuman Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi Muslimbek Isomiddinovning;

✍️ "Uchtepa tumani adliya bo‘limining 2026 yil birinchi yarim yillik faoliyati davomida davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati yuzasidan axboroti to‘g‘risida" tuman adliya bo'limi boshlig'i Shamsiddin Amonovlarning axborotlari eshitilib, muhokama qilindi hamda atroflicha ko‘rib chiqildi.

   💬 Doimiy komissiya raisi Abdurashid Abdushukurov hamda doimiy komissiya a’zolari — Galina Xamitova hamda Artur Xaydarovlaraxborotlarni tinglab, o‘z saylov okruglarida uchrayotgan muammolar va tumandagi boshqa dolzarb masalalar yuzasidan savollar bilan murojaat qildilar. Savol-javoblar jarayonida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

💼 Mazkur doimiy komissiya yig'ilishida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zolari, "Madad" NNT bosh mutaxassisi Sayfullo Mahmudov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Usmanov, kotibiyat bosh mutaxassislari U.Abilov va Z.Kuziyevalar ishtirok etdilar.

📝 Muhokamalar yakunida doimiy komissiya deputatlari tomonidan mazkur masalalarni sessiya kun tartibiga kiritish yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

✅ Mazkur masalalar fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash sifatini oshirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, huquqiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlashga qaratilgan tizimli ishlarni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6