Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
EHTIYOJMAND OILALARNING UYLARINI TA'MIRLASH ISHLARI DEPUTATLAR TOMONIDAN JOYLARDA O‘RGANILMOQDA.
янв.21
EHТIYOJMAND OILALARNING UYLARINI TAʼMIRLASH ISHLARI DEPUTATLAR TOMONIDAN JOYLARGA CHIQIB OʻRGANILMOQDA
янв.21
EHТIYOJMAND OILALARNING UYLARINI TAʼMIRLASH ISHLARI DEPUTATLAR TOMONIDAN JOYLARGA CHIQIB OʻRGANILMOQDA.
янв.21
Ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash ishlari o‘rganildi.
янв.21
Deputat yangi maktab binosi qurilishi bilan tanishdi.
янв.21
Doimiy komissiya a'zolari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik nazorati doirasida Angor tumanida tizimli o‘rganishlar olib borildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🌸 XOTIN-QIZLAR MUAMMOLARI O‘RGANILDI

🏡 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 14-Yoshlik–Nurtepa saylov okrugi deputati N. Himmatova hamda Sherobod tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G. Aminova hamkorligida "Nurtepa" mahallasida xotin-qizlar bilan navbatdagi ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi.

🤝 Uchrashuv davomida xotin-qizlarning bandligi, oilaviy masalalari, ijtimoiy himoya, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda kundalik hayotda uchrayotgan dolzarb muammolari yuzasidan murojaat va takliflar tinglandi.

📋 Bildirilgan murojaatlar joyida o‘rganilib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli mas'ullarga tavsiyalar berildi hamda ijrosi nazoratga olinishi ta'kidlandi.

💬 Ochiq muloqot davomida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, bandligini ta'minlash hamda muammolarini tizimli hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham batafsil ma'lumot berildi.

🌿 Bunday uchrashuvlar aholining murojaatlarini bevosita joyiga chiqib o‘rganish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish hamda davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi samarali hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5