Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mahallaga biriktirilgan bank agenti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xotin -qizlar bilan ishlash tizimi joylarda o'rganildi.
янв.21
MAHALLADA FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o'rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati deputat nazoratida
янв.21
Mahalla yettilig faoliyatidan
янв.21
Navbatdagi sessiyaga kiritilgan masala yuzasidan o‘z saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati tahlilda: "Kayran" mahallasida aholi bandligi va tadbirkorlik masalalari o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik nazorati olib borildi.
янв.21
14-Kayran saylov okrugi deputati Rustam Primqulov haftalik ish rejasiga muvofiq o‘ziga biriktirilgan Angor tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limi faoliyatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
Deputat A.Abdumratov hududlarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 12-Zarafshon saylov okrugidan saylangan deputati A.Abdumratov tomonidan Olmazor mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi.

Tashrif davomida hududni yanada ko‘rkamlashtirish, yo‘l va infratuzilma obyektlarini tartibga keltirish, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi hamda mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, deputat Olmazor mahalla fuqarolar yig‘inida aholi murojaatlari asosida barpo etilayotgan piyodalar yo‘lagi qurilishi jarayonida ishtirok etib, ishlarning sifatli va belgilangan muddatlarda bajarilishiga alohida e’tibor qaratdi.

Hududlarda amalga oshirilayotgan bunday bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari aholi uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratish, mahallalarning infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3