35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi
янв.21
Viloyatda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
Oliy Majlis Senatida mahalliy Kengashlar faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilindi (https://t.me/senatuz/46470)
янв.21
Deputat nazorati: xotin-qizlar murojaatlari e’tibor markazida.
янв.21
Yoshlar masalalari — deputat nazoratida.
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI VA MUAMMOLARNI O‘RGANISH — E’TIBOR MARKAZIDA.
янв.21
ANGORDA ZAMONAVIY “YOSHLAR SAYILGOHI” BARPO ETILMOQDA.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari – doimiy e'tibor markazida.
янв.21
Mahallaga biriktirilgan bank agenti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xotin -qizlar bilan ishlash tizimi joylarda o'rganildi.
Kotib

Bugungi globallashuv va axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan davrda yoshlar tarbiyasi, ularning sog‘lom va barkamol inson bo‘lib voyaga yetishi har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero, yoshlar – millatning ertangi kuni, mamlakatning tayanchi va kelajagidir.

Mirzo Ulug‘bek tumani “Ulug‘bek” mahallasida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda “Adolat” SDP a’zosi Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Abdukamilov Shavkat Shuxratovich ishtirok etib, yurtimizda  yoshlarning bandligini ta’minlash, sifatli ta’lim bilan qamrab olish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbirda tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan yoshlarga bandligini ta’minlash maqsadida imtiyozli kredit ajratish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Yoshlar har bir davlatning kelajagini, salohiyatini belgilovchi muhim ijtimoiy qatlam sanaladi. Zero, har bir jamiyatning holati, taqdiri va istiqboli unda yashayotgan yoshlarning salmog‘i, ma’naviyati va ongliligi darajasi bilan belgilanadi.

Slide 1 of 3