Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
EHTIYOJMAND OILALARNING UYLARINI TA'MIRLASH ISHLARI DEPUTATLAR TOMONIDAN JOYLARDA O‘RGANILMOQDA.
янв.21
EHТIYOJMAND OILALARNING UYLARINI TAʼMIRLASH ISHLARI DEPUTATLAR TOMONIDAN JOYLARGA CHIQIB OʻRGANILMOQDA
янв.21
EHТIYOJMAND OILALARNING UYLARINI TAʼMIRLASH ISHLARI DEPUTATLAR TOMONIDAN JOYLARGA CHIQIB OʻRGANILMOQDA.
янв.21
Ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash ishlari o‘rganildi.
янв.21
Deputat yangi maktab binosi qurilishi bilan tanishdi.
янв.21
Doimiy komissiya a'zolari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik nazorati doirasida Angor tumanida tizimli o‘rganishlar olib borildi
To‘rttol mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U. Achilov, To‘rttol mahallasi raisi I.Rahmonov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar To‘rttol mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida mahallaning markaziy ko‘chalari va hududlaridagi obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi. Xususan, katta yo‘l bo‘ylab manzarali gullar ekilgani, ko‘chalar ozoda va saranjom holatga keltirilgani, yashil hududlarni kengaytirish hamda hududning estetik qiyofasini yaxshilash borasida samarali ishlar olib borilayotgani alohida e'tirof etildi. Shuningdek, mahallada sanitariya va ozodalikka rioya etish, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish hamda aholi uchun qulay va obod muhit yaratish ishlari
tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgani ta'kidlandi.
Tashrif yakunida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish, erishilgan natijalarni mustahkamlash hamda mahalla hududining yanada fayzli va ko‘rkam bo‘lishini ta'minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 5