Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
EHTIYOJMAND OILALARNING UYLARINI TA'MIRLASH ISHLARI DEPUTATLAR TOMONIDAN JOYLARDA O‘RGANILMOQDA.
янв.21
EHТIYOJMAND OILALARNING UYLARINI TAʼMIRLASH ISHLARI DEPUTATLAR TOMONIDAN JOYLARGA CHIQIB OʻRGANILMOQDA
янв.21
EHТIYOJMAND OILALARNING UYLARINI TAʼMIRLASH ISHLARI DEPUTATLAR TOMONIDAN JOYLARGA CHIQIB OʻRGANILMOQDA.
янв.21
Ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash ishlari o‘rganildi.
янв.21
Deputat yangi maktab binosi qurilishi bilan tanishdi.
янв.21
Doimiy komissiya a'zolari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik nazorati doirasida Angor tumanida tizimli o‘rganishlar olib borildi
💼📈 TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH – AHOLI FAROVONLIGINI OSHIRISHNING MUHIM OMILI

🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati D.Shadanova hamda Kengash kotibiyati xodimi U.Ruzmetov tomonidan navbatdagi sessiya oldidan Eshonqala mahallasida hokim yordamchisi B.Rahimov faoliyati yuzasidan deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi.
📍 O‘rganish davomida mahallada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-sonli “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
🏭 Xususan, “Xushnud Kuramboyev” xususiy korxonasi faoliyati bilan tanishilib, davlat tomonidan ajratilgan 30 million so‘m imtiyozli kredit hisobidan korxona faoliyati kengaytirilgani hamda 2 ta yangi doimiy ish o‘rni yaratilgani o‘rganildi.
🤝 Ochiq muloqot davomida tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash va imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
✅ Deputatlik o‘rganishi yakunida PQ–49-son qarori ijrosini ta’minlash, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, aholi daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilishi ta’kidlandi. 🇺🇿🌱

Slide 1 of 4