Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mahallaga biriktirilgan bank agenti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xotin -qizlar bilan ishlash tizimi joylarda o'rganildi.
янв.21
MAHALLADA FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o'rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati deputat nazoratida
янв.21
Mahalla yettilig faoliyatidan
янв.21
Navbatdagi sessiyaga kiritilgan masala yuzasidan o‘z saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati tahlilda: "Kayran" mahallasida aholi bandligi va tadbirkorlik masalalari o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik nazorati olib borildi.
янв.21
14-Kayran saylov okrugi deputati Rustam Primqulov haftalik ish rejasiga muvofiq o‘ziga biriktirilgan Angor tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limi faoliyatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

 Xalq deputatlari tuman Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining
navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda komissiya a’zolari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari hamda mas’ul mutasaddilar ishtirok etdi.
Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, dastlab tuman prokurorining 2026-yilning 6 oyi davomida qonun ustuvorligini
ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti eshitildi. Axborotda prokuratura organlari tomonidan qonunchilik
ijrosini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, davlat organlari va tashkilotlarida qonuniylikni mustahkamlash, korrupsiyaviy holatlarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar xususida ma’lumotlar berildi.
Shundan so‘ng, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining 2026-yilning 6 oyi davomida tumanda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash sohasida amalga oshirilgan
ishlar bo‘yicha hisoboti tinglandi. Hisobotda jinoyatchilik holati tahlili, profilaktik tadbirlar samaradorligi, mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash natijalari haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Muhokamalar davomida doimiy komissiya a’zolari tomonidan ma’ruzalar yuzasidan fikr va mulohazalar bildirilib, sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish, profilaktika ishlarining samaradorligini yanada oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish hamda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni kuchaytirish bo‘yicha qator takliflar ilgari surildi. Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ul tashkilotlarga belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash hamda bu boradagi ishlar ustidan tizimli nazorat o‘rnatish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. 

Slide 1 of 5