35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Angor tumani Kengashi deputatlari viloyat Kengashi sessiyasi jarayonida.
янв.21
Mahallalarni rivojlantirish — yangi bosqichda!
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Murojaatlar o‘rganilib, masalalar nazoratga olindi
янв.21
Kengash va “Madad” NNT hamkorligi fuqarolarning huquqiy himoyasi e’tiborda.
янв.21
“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi
янв.21
Viloyatda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
Oliy Majlis Senatida mahalliy Kengashlar faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilindi (https://t.me/senatuz/46470)
янв.21
Deputat nazorati: xotin-qizlar murojaatlari e’tibor markazida.
янв.21
Yoshlar masalalari — deputat nazoratida.
Munosabat

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining asosiy vazifasi – saylovchilar bilan doimiy muloqot o‘rnatish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish hamda aholini qiynayotgan masalalarning yechimiga amaliy hissa qo‘shishdan iborat.  

Saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik islohotlar, xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini yuksaltirish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini takomillashtirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlashga qaratilgan davlat siyosati mazmun-mohiyati keng tushuntirilmoqda. 

Shuningdek, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi sessiyalarida qabul qilinayotgan qarorlarning mazmun-mohiyati, ularning hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish hamda ijtimoiy muammolarni bartaraf etishdagi ahamiyati yuzasidan atroflicha
ma’lumotlar berilmoqda.  

«Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili» Davlat dasturi doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ham uchrashuvlarning muhim mavzularidan biri bo‘ldi. Xususan, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni
rivojlantirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida aholiga batafsil ma’lumotlar yetkazildi. 

Joriy yilning o‘tgan davrida saylovchilardan kelib tushgan 8 ta murojaatning har biri tegishli tartibda o‘rganilib, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqildi. Natijada murojaatlarning asosiy qismi ijobiy hal etildi, qolganlari bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirilmoqda. 

Jumladan, «Boyovul» mahallasida ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, beshta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Bir nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi. Boquvchisini yo‘qotgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini hal etishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mahalladagi Durunki va Tadbirkorlar ko‘chalariga tosh yotqizish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari kiritildi. Bu kabi amaliy ishlar aholi uchun muhim bo‘lgan qator masalalarning ijobiy yechim topishiga xizmat qildi. 

Shu bilan birga, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi sessiyalari, doimiy komissiyalar hamda deputatlik guruhi yig‘ilishlarida faol ishtirok etib, partiya elektorati manfaatlarini himoya qilish, aholini o‘ylantirayotgan ijtimoiy masalalarni ko‘tarish va ularning yechimiga qaratilgan taklif hamda tashabbuslarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Saylovchilar bilan ochiq muloqot, murojaatlarni tizimli o‘rganish va aholini qiynayotgan muammolarga amaliy yechim topish deputatlik faoliyati samaradorligining muhim mezoni hisoblanadi. Xalq ishonchini oqlash, fuqarolar manfaatlarini ta’minlash va hududlarni barqaror rivojlantirish yo‘lidagi bunday faoliyat jamiyat taraqqiyotining muhim omilidir.


Xonimjan RAJABOVA,
2- “Boyovul” saylov okrugidan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati