35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Angor tumani Kengashi deputatlari viloyat Kengashi sessiyasi jarayonida.
янв.21
Mahallalarni rivojlantirish — yangi bosqichda!
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Murojaatlar o‘rganilib, masalalar nazoratga olindi
янв.21
Kengash va “Madad” NNT hamkorligi fuqarolarning huquqiy himoyasi e’tiborda.
янв.21
“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi
янв.21
Viloyatda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
Oliy Majlis Senatida mahalliy Kengashlar faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilindi (https://t.me/senatuz/46470)
янв.21
Deputat nazorati: xotin-qizlar murojaatlari e’tibor markazida.
янв.21
Yoshlar masalalari — deputat nazoratida.
Fuqarolar murojaati ijrosi ta’minlandi - Hayratiy mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi

Fuqarolar murojaati ijrosi ta’minlandi - Hayratiy mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi

📝 Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning yashash hududidagi muammolarni bartaraf etish hamda mahallalarda obod va xavfsiz muhit yaratish bugungi kunda ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashiga O‘zLiDePdan saylangan "12-Nazarbek" okrugi deputati Xudayberganov Avaz Abrarovichga Hayratiy mahallasi fuqarolari tomonidan Sharof ko‘chasida uzoq yillardan buyon yechimini kutayotgan bir qator muammolar yuzasidan murojaat qilindi.

🗣 Murojaatda mahalla idorasiga kirish qismida joylashgan tadbirkorlik subyektiga tegishli hudud bir necha yillardan buyon qarovsiz qolib ketgani, noqonuniy reklama bannerlari o‘rnatilgani, ariq bo‘ylari chiqindilar bilan to‘lib, suvning erkin oqishiga to‘sqinlik qilayotgani sababli hududning sanitariya va obodonlashtirish holati yomonlashgani bildirilgan.

✅ Mazkur murojaat deputat tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish jarayonida Hayratiy mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Fayzullo Irgashev, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mutaxassislari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

📈 Deputat tashabbusi bilan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mutaxassislari jalb qilinib, hududda amaliy ishlar tashkil etildi. Xususan, ariq bo‘ylari tozalanib, suvning erkin harakatlanishi ta’minlandi, noqonuniy o‘rnatilgan reklama bannerlari belgilangan tartibda demontaj qilindi. Shuningdek, uzoq yillardan buyon qarovsiz holatda bo‘lgan hudud chiqindilardan tozalanib, atrofi tartibga keltirildi va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

🗣 O‘rganish davomida fuqarolar mazkur tadbirkorlik subyektiga nisbatan ilgari ham bir necha bor ogohlantirishlar berilganiga qaramay, hududni tartibga keltirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmaganini bildirib, bu boradagi e’tirozlarini bildirdilar. Deputat tomonidan ushbu masala tegishli mutasaddilar ishtirokida muhokama qilinib, kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

📁 Shuningdek, deputat fuqarolar bilan uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-iyundagi PQ–234-son "Mahallalarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va qiyofasini tubdan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori mazmun-mohiyatini batafsil tushuntirdi. Mazkur qaror bilan mahallalarda obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish, sanitariya holatini yaxshilash, yashil hududlarni kengaytirish hamda aholiga qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish bo‘yicha muhim vazifalar belgilanganini ta’kidladi.

↗️ Deputat amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari aynan ushbu qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, fuqarolar murojaatlariga tezkor munosabat bildirish va mahallalarning zamonaviy qiyofasini shakllantirishga xizmat qilishini alohida qayd etdi. Hayratiy mahallasida amalga oshirilgan ushbu ishlar fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va amaliy yechim topish, davlat organlari, mahalla hamda deputatlar hamkorligining samarali natijasi bo‘lib, mahallada obod va qulay yashash muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 6