Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mahallaga biriktirilgan bank agenti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xotin -qizlar bilan ishlash tizimi joylarda o'rganildi.
янв.21
MAHALLADA FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o'rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati deputat nazoratida
янв.21
Mahalla yettilig faoliyatidan
янв.21
Navbatdagi sessiyaga kiritilgan masala yuzasidan o‘z saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati tahlilda: "Kayran" mahallasida aholi bandligi va tadbirkorlik masalalari o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik nazorati olib borildi.
янв.21
14-Kayran saylov okrugi deputati Rustam Primqulov haftalik ish rejasiga muvofiq o‘ziga biriktirilgan Angor tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limi faoliyatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
Yoshlar manfaatlari – davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi

Yoshlar manfaatlari – davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi

O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 12-avgustda qabul qilingan hamda Senat tomonidan 2016-yil 24-avgustda ma’qullangan. Ushbu qonun yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarning ta’lim olishi, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ijtimoiy faolligini oshirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Qonun esa ushbu sa’y-harakatlarning mustahkam huquqiy poydevori bo‘lib xizmat qiladi.

Yoshlar manfaatlarini ta’minlash, ularning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish va Vatan ravnaqi yo‘lida faol ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlash — davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.