Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.
янв.21
“JANUB QUYOSHI” gazetasining 2026-yil 26-iyun kunidagi 9-10-sonida:
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Madad bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda.
янв.21
Murojaatlar ijobiy yechim topmoqda.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
MUNOSABAT:Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish – har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquqidir.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati mahalladagi islohotlar bilan tanishdi.
янв.21
Deputat nazoratida Sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari o‘rganildi.
янв.21
Qurilish obyektlaridagi ishlar o'rganildi.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi hamda tuman Kengashlari deputatlari Buxoro viloyatida tajriba almashuv safarida

Oliy Majlisi Senatining tashabbusi bilan 24–25-iyun kunlari Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi hamda tuman Kengashlari deputatlaridan iborat delegatsiyaning Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashiga tajriba almashish maqsadidagi tashrifi tashkil etildi. Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashidan deputat Tuganbekov Oybek Bakhrombekovich ishtirok etdi.

📍 Delegatsiya a’zolari Buxoro viloyatiga tashrifi davomida Kogon shahar temir yo‘l vokzalida kutib olindi. Shundan so‘ng ikki hudud vakillari ishtirokida mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada samarali tashkil etish hamda hududlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

💬 Uchrashuv davomida mahalliy Kengashlar faoliyatida erishilgan natijalar, ilg‘or tajribalar, deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish, aholi bilan muloqot va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajribalar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, mahalliy vakillik organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan taklif va tashabbuslar muhokama qilindi.

✨ Safar doirasida delegatsiya a’zolari Buxoro zaminida yetishib chiqqan buyuk mutasavvif va allomalar — Amir Kulol hamda Bahovuddin Naqshband majmualarini ziyorat qildilar. Ziyorat davomida ajdodlarimizning boy ma’naviy merosi, milliy qadriyatlarimiz va ma’rifiy an’analarining bugungi jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida so‘z yuritildi.

🔺 Mazkur tajriba almashuv safari mahalliy Kengashlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda deputatlik faoliyati samaradorligini yanada oshirishga xizmat qildi.

Slide 1 of 5