Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.
янв.21
“JANUB QUYOSHI” gazetasining 2026-yil 26-iyun kunidagi 9-10-sonida:
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Madad bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda.
янв.21
Murojaatlar ijobiy yechim topmoqda.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
MUNOSABAT:Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish – har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquqidir.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati mahalladagi islohotlar bilan tanishdi.
янв.21
Deputat nazoratida Sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari o‘rganildi.
янв.21
Qurilish obyektlaridagi ishlar o'rganildi.
“QOG‘OZ VA QOG‘OZ SANOATI” YO‘NALISHIDA QO‘SHIMCHA ZAXIRALARNI ANIQLASH MASALASI MUHOKAMA QILINDI

Mazkur masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PF-223-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rejalashtirish va rivojlanish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishi bayoni hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida muhokama qilindi.

Sessiyada tumanda mavjud sanoat salohiyatidan samarali foydalanish, qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishida yangi tashabbuslarni ilgari surish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish hamda qo‘shimcha iqtisodiy zaxiralarni aniqlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mas’ul tashkilotlar tomonidan hududdagi mavjud korxonalar faoliyatini tahlil qilish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan takliflar bildirildi.

✅ Yunusobod tumanida sanoat salohiyatini rivojlantirish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 4