Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.
янв.21
“JANUB QUYOSHI” gazetasining 2026-yil 26-iyun kunidagi 9-10-sonida:
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Madad bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda.
янв.21
Murojaatlar ijobiy yechim topmoqda.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
MUNOSABAT:Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish – har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquqidir.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati mahalladagi islohotlar bilan tanishdi.
янв.21
Deputat nazoratida Sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari o‘rganildi.
янв.21
Qurilish obyektlaridagi ishlar o'rganildi.
DEPUTAT MASTURA MAMURJONOVA TA’LIM MUASSASASIDA: YOSHLAR GIYOHVANDLIKKA QARSHI!

DEPUTAT MASTURA MAMURJONOVA TA’LIM MUASSASASIDA: YOSHLAR GIYOHVANDLIKKA QARSHI!

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Mastura Mamurjonova tumandagi 1-sonli texnikumda talaba-o‘quvchi yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan "Biz giyohvandlikka qarshimiz" nomli ko‘rik-tanlovda maxsus taklif etilgan mehmon sifatida ishtirok etdi.

Deputatimizning ushbu tadbirga tashrifi yosh avlodni asr vabosi bo‘lgan zararli illatlardan himoya qilish, ularning ijtimoiy faolligini va sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash maqsadini mujassam etdi.

Ko‘rik-tanlov davomida talabalar o‘zlarining sahna ko‘rinishlari va chiqishlari orqali giyohvandlikning inson hayoti, oila va jamiyat uchun qanchalik mudhish oqibatlarga olib kelishini ta’sirchan tarzda namoyish etib berdilar.

Tadbir yakunida deputatimiz tanlovda faol qatnashgan, o‘zining zukkoligi va ijodkorligi bilan ajralib turgan bir guruh iqtidorli talabalarga esdalik sovg‘alarini topshirdi.