Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
“JANUB QUYOSHI” gazetasining 2026-yil 26-iyun kunidagi 9-10-sonida:
янв.21
Madad bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda.
янв.21
Murojaatlar ijobiy yechim topmoqda.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
MUNOSABAT:Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish – har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquqidir.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati mahalladagi islohotlar bilan tanishdi.
янв.21
Deputat nazoratida Sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari o‘rganildi.
янв.21
Qurilish obyektlaridagi ishlar o'rganildi.
QONUN USTUVORLIGI VA MAHALLA MUSTAHKAMLIGI — DIQQAT MARKAZIDA!

QONUN USTUVORLIGI VA MAHALLA MUSTAHKAMLIGI — DIQQAT MARKAZIDA!

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova tomonidan tumandagi mahallalarda qonunchilik ijrosini taʼminlash hamda aholi muammolarini joyida hal etish borasida keng koʻlamli oʻrganishlar olib borildi.

Oʻrganishlar davomida jami 162 ta qonun hujjati va normativ-huquqiy hujjatlarning hayotga tatbiq etilishi tahlil qilindi. Bunda asosiy eʼtibor mahalla darajasidagi eng muhim boʻgʻin — "Mahalla yettiligi" faoliyatining samaradorligiga qaratildi.

* "Mahalla yettiligi"ning qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarni qay darajada bajarayotgani;
* Aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot tizimining yoʻlga qoʻyilganligi;
* Ijtimoiy himoya, bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari.

Oʻrganish yakunlari boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mahalla faollari ishini tizimli tashkil etish va aholi farovonligini oshirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.