Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.
янв.21
“JANUB QUYOSHI” gazetasining 2026-yil 26-iyun kunidagi 9-10-sonida:
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Madad bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda.
янв.21
Murojaatlar ijobiy yechim topmoqda.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
MUNOSABAT:Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish – har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquqidir.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati mahalladagi islohotlar bilan tanishdi.
янв.21
Deputat nazoratida Sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari o‘rganildi.
янв.21
Qurilish obyektlaridagi ishlar o'rganildi.
Qonun ijrosi amalda
 Qonun ijrosi amalda
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputatlari A. Jumaniyozov va S. O‘razmetovlar tomonidan 2026-yil 24-martdagi O‘RQ–1123-sonli “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. Qonun talablarining joylarda samarali bajarilishini ta’minlash, aholi, ayniqsa, keksa avlod vakillari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida “10 ming qadam”, shaxmat va shashka musobaqalari tashkil etildi.
Tadbirlar davomida nuroniylarning jismoniy faolligini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda jamiyat hayotidagi faolligini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi. Musobaqalarda g‘olib va faol ishtirok etgan nuroniylar “Nuroniy” jamg‘armasining Faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Mazkur tadbirlar davlatimiz tomonidan yuritilayotgan ijtimoiy siyosatning amaliy ifodasi bo‘lib, keksa avlod vakillarining salomatligini mustahkamlash va ularning jamiyatdagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
 
Slide 1 of 1