Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
“JANUB QUYOSHI” gazetasining 2026-yil 26-iyun kunidagi 9-10-sonida:
янв.21
Madad bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda.
янв.21
Murojaatlar ijobiy yechim topmoqda.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
MUNOSABAT:Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish – har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquqidir.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati mahalladagi islohotlar bilan tanishdi.
янв.21
Deputat nazoratida Sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari o‘rganildi.
янв.21
Qurilish obyektlaridagi ishlar o'rganildi.
Ma’naviy boylik bu - millatning o‘zligi

Ma’naviy boylik bu - millatning o‘zligi

Xalq deputatlari Samarqand viloyat kengashi deputati Ximmat Oqbutayev o‘z saylov okrugi hududida joylashgan Gʻavsul A’zam ziyoratgohi muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ushbu tashrif davomida muzeyda amalga oshirilayotgan ishlar, tarixiy eksponatlarni saqlash va targ‘ib etish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Ma’lumki, bunday maskanlar nafaqat tarixiy xotirani saqlash, balki yosh avlodni ma’naviy jihatdan tarbiyalashda ham muhim o‘rin tutadi. Shu bois deputat tomonidan muzey faoliyatini yanada rivojlantirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha bir qator takliflar ilgari surildi.

Darhaqiqat, ajdodlarga ehtirom va ulardan qolgan boy merosga e’tibor qaratish — ma’naviy yuksalishning eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Bu yo‘lda amalga oshirilayotgan har bir sa’y-harakat jamiyat ravnaqiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2