Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimi yangi bosqichga olib chiqiladi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
KOTIBIYAT MUDIRI TOMONIDAN HAFTALIK YIG‘ILISH O‘TKAZILDI.
янв.21
MUNOSABAT: Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risidagi qonun – veterinariya xavfsizligi va chorvachilik rivojining muhim huquqiy asosi.
янв.21
#24_tavsiya ijrosida 📚 QALAMI BILAN MA’NAVIYATGA XIZMAT QILGAN DEPUTAT.
янв.21
Mahalla – islohotlar markazida.
янв.21
#Huquqiy_axborot_soati
янв.21
MUNOSABAT: Madaniy faoliyat va madaniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun – milliy madaniyatimiz taraqqiyotining muhim huquqiy asosidir.
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Kamolova tomonidan tumandagi bozorlarda aholi iste’moli uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi hamda mahsulotlar bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida un, non, go‘sht, sut mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, kartoshka, piyoz, sabzi va boshqa kundalik iste’mol mahsulotlarining narxlari tahlil qilinib, savdo rastalarida mahsulotlar yetarliligi hamda aholiga uzluksiz yetkazib berilishi holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, sotuvchilar bilan muloqot o‘tkazilib, mahsulotlar narxining barqarorligini ta’minlash, sun’iy narx oshishlarining oldini olish hamda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, bozorlarda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetarli miqdorda mavjudligi va savdo jarayonlari belgilangan tartibda amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Slide 1 of 5