Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.
янв.21
“JANUB QUYOSHI” gazetasining 2026-yil 26-iyun kunidagi 9-10-sonida:
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Madad bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda.
янв.21
Murojaatlar ijobiy yechim topmoqda.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
MUNOSABAT:Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish – har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquqidir.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati mahalladagi islohotlar bilan tanishdi.
янв.21
Deputat nazoratida Sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari o‘rganildi.
янв.21
Qurilish obyektlaridagi ishlar o'rganildi.
Har bir murojaat e’tiborda.

Murojaat davomida Mahalla faollari hududda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularni sportga keng jalb etish masalasini ko‘tardilar.

⚽️ Ta’kidlanganidek, mahalla hududida joylashgan, avval 117-son DMTT balansida bo‘lgan, hozirgi kunda foydalanilmayotgan 2,5 sotix yer maydonida yoshlar uchun futbol maydonchasi barpo etish rejalashtirilgan. Hozirda hududda futbol va sport maydonchasi mavjud emasligi sababli ushbu tashabbus mahalla aholisi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

🤝 Murojaatchilar mazkur futbol maydonchasini o‘zlarining moliyaviy mablag‘lari hisobidan barpo etishga tayyor ekanliklarini ham bildirdilar.

📝 Shuningdek, fuqarolar ushbu masala yuzasidan viloyat hokimiga ham yozma murojaat yo‘llaganliklarini ma’lum qildilar.

📌 Murojaat yuzasidan deputat tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur chora-tadbirlar belgilandi hamda masala deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 3