Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.
янв.21
“JANUB QUYOSHI” gazetasining 2026-yil 26-iyun kunidagi 9-10-sonida:
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Madad bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda.
янв.21
Murojaatlar ijobiy yechim topmoqda.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
MUNOSABAT:Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish – har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquqidir.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati mahalladagi islohotlar bilan tanishdi.
янв.21
Deputat nazoratida Sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari o‘rganildi.
янв.21
Qurilish obyektlaridagi ishlar o'rganildi.
OQTEPA MFYDA MAHALLA YETTILIGI BILAN HAMKORLIKDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

Mazkur o‘rganish ishlari “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-martdagi 137-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.

Uchrashuv davomida mahallada aholi bandligi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash, yoshlar va xotin-qizlar masalalari, huquqbuzarliklarning oldini olish, obodonlashtirish hamda fuqarolar murojaatlarini manzilli hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Deputat Nig‘matilla Usmanov mahalla yettiligi bilan birgalikda hududdagi dolzarb masalalarni joyida o‘rganib, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan taklif va tavsiyalar berdi.

✅ Oqtepa mahallasida aholi farovonligini oshirish, muammolarni mahalla darajasida aniqlash va ularni manzilli hal etish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 1