Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
“JANUB QUYOSHI” gazetasining 2026-yil 26-iyun kunidagi 9-10-sonida:
янв.21
Madad bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda.
янв.21
Murojaatlar ijobiy yechim topmoqda.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
MUNOSABAT:Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish – har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquqidir.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati mahalladagi islohotlar bilan tanishdi.
янв.21
Deputat nazoratida Sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari o‘rganildi.
янв.21
Qurilish obyektlaridagi ishlar o'rganildi.
DEPUTAT SO'ROVIGA JAVOB

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 19-Toshkesgan saylov okrugi deputati Olim Mamato'rayev tomonidan 2026-yil 10-iyunda yuborilgan 47-ds-312-26-sonli deputat soʻrovi yuzasidan Kadastr agentligining Zarbdor tuman boʻlimi tomonidan tegishli oʻrganish ishlari olib borildi.

Oʻrganish davomida Toshkesgan mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi Chorvador va Urgunobod koʻchalarini oʻzaro bogʻlaydigan yer maydonida tor yoʻlak mavjudligi, biroq ushbu hududdan avtotransport vositalarining oʻtish imkoniyati yoʻqligi aniqlandi.

Mazkur koʻchalarni bogʻlovchi yer maydoni chegaralarining qonuniyligi tahlil qilinganda, mahalliy fuqarolar tomonidan oʻzlariga tegishli uy-joy yer maydonlariga tutash boʻlgan hududlar tegishli asoslovchi hujjatlarsiz, oʻzboshimchalik bilan egallab olingani va devor bilan oʻrab qoʻyilgani maʼlum boʻldi.

Hozirgi kunda aniqlangan qonunbuzilish holatlarini hamda oʻzboshimchalik bilan qurilgan qurilmalarni bartaraf etish maqsadida huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga belgilangan tartibda ogohlantirish xatlari topshirildi. Ushbu kamchiliklar 15 kunlik muddat ichida ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmagan taqdirda, oʻzboshimchalik bilan egallangan yer maydonlarini boʻshatish va qurilgan devorlarni majburiy tartibda buzdirish boʻyicha fuqarolik ishlari boʻyicha Zarbdor tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritilishi rejalashtirildi.

Slide 1 of 4