Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.
янв.21
“JANUB QUYOSHI” gazetasining 2026-yil 26-iyun kunidagi 9-10-sonida:
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Madad bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda.
янв.21
Murojaatlar ijobiy yechim topmoqda.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
MUNOSABAT:Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish – har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquqidir.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati mahalladagi islohotlar bilan tanishdi.
янв.21
Deputat nazoratida Sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari o‘rganildi.
янв.21
Qurilish obyektlaridagi ishlar o'rganildi.
DEPUTAT VA XALQ MULOQOTI: “O‘ZBEKISTON” MFYda UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

DEPUTAT VA XALQ MULOQOTI: “O‘ZBEKISTON” MFYda UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi, 1-O‘zbekiston saylov okrugidan saylangan deputat Dilorom Safarova o‘zi saylangan “O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig‘ini saylovchilari bilan navbatdagi ochiq muloqotni o‘tkazdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularni qiynayotgan muammolarga qonuniy yechim topish va hududni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berishdan iborat bo‘ldi.

📋 2026-yilning I choragi yakunlari yuzasidan axborot

Muloqot davomida Kengash raisi D.Safarova joriy yilning birinchi choragida tuman Kengashi va deputatlar tomonidan hududda amalga oshirilgan ishlar, qabul qilingan muhim qarorlar hamda ularning ijrosi yuzasidan saylovchilarga batafsil axborot berdi. Jumladan, quyidagi masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi:

Mahalladagi ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, “mahalla yettiligi” tizimi hamkorligida aholi bandligini ta’minlash;

Birinchi chorak davomida hududdagi ichki yo‘llar, ichimlik suvi va elektr ta’minotini yaxshilash borasida rejalashtirilgan ishlar holati;

Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda mahalla ahlining turli ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid murojaatlari va takliflari tinglandi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir qonuniy talab va muammo deputatlik nazoratiga olindi.

Ularning aksariyati joyida hal etilgan bo‘lsa, vaqt va mablag‘ talab qiladigan masalalar bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi.

Xalq bilan muloqotlar davom etadi.