Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari E.Toshpulatovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30 yanvardagi PF–17-sonli “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish yuzasidan hisoboti muhokama qilindi.
👥 Yig‘ilishda jamg‘arma mablag‘larini aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, hududlardagi infratuzilma muammolarini bartaraf etish, ijtimoiy soha ob’ektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolar uchun munosib shart-sharoitlar yaratishga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
📋 Hisobot davomida jamg‘arma mablag‘larini maqsadli sarflash, aholi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ustuvor loyihalarni shakllantirish, ijtimoiy ahamiyatga ega ob’ektlarni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.