Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
“JANUB QUYOSHI” gazetasining 2026-yil 26-iyun kunidagi 9-10-sonida:
янв.21
Madad bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda.
янв.21
Murojaatlar ijobiy yechim topmoqda.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
MUNOSABAT:Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish – har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquqidir.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati mahalladagi islohotlar bilan tanishdi.
янв.21
Deputat nazoratida Sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari o‘rganildi.
янв.21
Qurilish obyektlaridagi ishlar o'rganildi.
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati X.Mashrabayeva tomonidan fuqarolar murojaati asosida “Toshkesar” MFY hududidagi mavjud muammo yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.

Murojaatda To‘ralar va Madali Hofiz ko‘chalari kesishmasida yo‘l qoplamasining cho‘kishi oqibatida oqava suv tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgani, buning natijasida 55 ta xonadonda antisanitariya holati vujudga kelib, aholi uchun noqulayliklar tug‘dirayotgani qayd etilgan.

Mazkur holatni bartaraf etish maqsadida Marg‘ilon shahar hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari nomiga deputat so‘rovi kiritildi.

Unda muammoni joyiga chiqib o‘rganish, oqava suv tarmog‘idagi nosozliklarni bartaraf etish, yo‘lning cho‘kkan qismini ta’mirlash hamda murojaatning uzoq vaqt davomida ijrosiz qolish sabablari yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish taqdim etish so‘ralgan.

Slide 1 of 1