Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
“JANUB QUYOSHI” gazetasining 2026-yil 26-iyun kunidagi 9-10-sonida:
янв.21
Madad bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda.
янв.21
Murojaatlar ijobiy yechim topmoqda.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
MUNOSABAT:Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish – har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquqidir.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati mahalladagi islohotlar bilan tanishdi.
янв.21
Deputat nazoratida Sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari o‘rganildi.
янв.21
Qurilish obyektlaridagi ishlar o'rganildi.
MUROJAATLAR O‘RGANILIB, MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH CHORALARI BELGILANDI

 MUROJAATLAR O‘RGANILIB, MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH CHORALARI BELGILANDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati M.Sayfidinov G‘alaba mahalla
fuqarolar yig‘ini aholisining murojaatlari asosida hududda o‘rganish ishlarini
olib bordi.


O‘rganish jarayonida fuqarolar tomonidan G‘alaba ko‘chasidagi ko‘p qavatli
64-uyning tom qismi ancha eskirgani, yomg‘irli kunlarda tomdan suv o‘tishi
oqibatida xonadonlarda namlik paydo bo‘layotgani, shuningdek, mahalla
hududidagi elektr tarmoqlariga tegishli ayrim kabellarning simyog‘ochlarda
osilib qolgani aholi tomonidan bildirildi.


Mazkur masalalar joyiga chiqqan holda o‘rganilib, muammolarni bartaraf etish
yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli choralarni amalga oshirish bo‘yicha
taklif va tavsiyalar berildi. Deputat tomonidan murojaatlarda ko‘tarilgan
masalalar nazoratga olinib, ularning ijobiy hal etilishi yuzasidan amaliy
ishlar olib borilishi ta’kidlandi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar “Deputatning ko‘cha aylanish
daftari”ga kiritilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
  

Slide 1 of 4