Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.
янв.21
“JANUB QUYOSHI” gazetasining 2026-yil 26-iyun kunidagi 9-10-sonida:
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Madad bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda.
янв.21
Murojaatlar ijobiy yechim topmoqda.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
MUNOSABAT:Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish – har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquqidir.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati mahalladagi islohotlar bilan tanishdi.
янв.21
Deputat nazoratida Sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari o‘rganildi.
янв.21
Qurilish obyektlaridagi ishlar o'rganildi.
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi

Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda doimiy komissiya a’zolari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari hamda ekspertlar guruhi a’zolari ishtirok etdilar.

Kun tartibiga kiritilgan quyidagi masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi:
🔹 Tuman hokimligining “Tuman mahalliy byudjetining 2026 yil 1-chorak ijrosi to‘g‘risida”gi taqdimnomasi;
🔹 Furqat tumanida Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish holati;
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 31 martdagi “Ichki iste’mol bozorida narxlar barqarorligini saqlash va inflyatsiyani belgilangan prognoz darajasida ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 128-sonli qarori ijrosi.

Muhokamalar davomida ekspertlar guruhi a’zolari tomonidan bir qator taklif va mulohazalar bildirildi. Yig‘ilish savol-javob va qizg‘in munozaralarga boy tarzda o‘tdi.
Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi hamda doimiy komissiyaning tegishli qarorlari qabul qilindi.

Slide 1 of 1