Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati, tuman hokimi S.Nosirova hamda Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B.Boltaboyev hamkorlikda tumandagi paxtachilik-g‘allachilik fermer xo‘jaliklarida olib borilayotgan paxta parvarishi ishlarini o‘rgandilar.
O‘rganish jarayonida mutasaddi tashkilot rahbarlari tomonidan fermer xo‘jaligi rahbarlariga agrotexnik tadbirlarni sifatli tashkil etish, sug‘orish ishlarini samarali yo‘lga qo‘yish hamda hosildorlikni oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va maslahatlar berildi.
Shuningdek, suv ta’minoti bilan bog‘liq ayrim muammolar joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqilib, amaliy yechimlar belgilandi.
🌾 Daladagi har bir sa’y-harakat — mo‘l hosil va farovonlik garovi!
Bizni kuzatib boring!