Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.
янв.21
“JANUB QUYOSHI” gazetasining 2026-yil 26-iyun kunidagi 9-10-sonida:
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Madad bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda.
янв.21
Murojaatlar ijobiy yechim topmoqda.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
MUNOSABAT:Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish – har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquqidir.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati mahalladagi islohotlar bilan tanishdi.
янв.21
Deputat nazoratida Sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari o‘rganildi.
янв.21
Qurilish obyektlaridagi ishlar o'rganildi.
Xotin-qizlar va bolalar himoyasi — ustuvor vazifa

 Xotin-qizlar
va bolalar himoyasi — ustuvor vazifa
 

🔹 Farg‘ona viloyatida xotin-qizlar va bolalarni
qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda
ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash borasida tizimli ishlar amalga
oshirilmoqda. 

📍 Shu maqsadda “Chegara bilmas huquqlar: ayollar
uchun mobil xizmat” loyihasi doirasida Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan davra
suhbatida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari muammolari, ayniqsa gender
zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar va bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga
ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini oshirish masalalari muhokama
qilindi. 

🗣 Tadbirda Farg‘ona tuman Kengashi deputati
Ozodaxon Dadajonova ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026
yil 3 martdagi xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish, ularga
nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan farmonining
mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatiga to‘xtaldi. 

Umuman, bu kabi tashabbuslar xotin-qizlar va
bolalarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, oilalar barqarorligini
mustahkamlash hamda jamiyatda inson qadrini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. 

   

Slide 1 of 6