Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
“JANUB QUYOSHI” gazetasining 2026-yil 26-iyun kunidagi 9-10-sonida:
янв.21
Madad bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda.
янв.21
Murojaatlar ijobiy yechim topmoqda.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
MUNOSABAT:Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish – har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquqidir.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati mahalladagi islohotlar bilan tanishdi.
янв.21
Deputat nazoratida Sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari o‘rganildi.
янв.21
Qurilish obyektlaridagi ishlar o'rganildi.
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Abdurahmonova tomonidan Do‘stlik MFY, Navbahor ko‘chasidagi 2–19-xonadonlar aholisi tomonidan yo‘llangan murojaat asosida joyiga chiqib o‘rganish olib borildi.

Murojaatda hududdan oqib o‘tuvchi anhor suvining toshib ketgani, bu esa aholi uchun noqulayliklar keltirib chiqarayotgani bildirilgan. Deputat ishtirokida holat joyida ko‘zdan kechirilib, muammoning kelib chiqish sabablari atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish natijalari mutasaddi tashkilotlar bilan olib borilgan muloqotlar jarayonida Pelikan hamda Joybozor tranzit anhorlarida reja asosida tozalash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.

Ta’kidlash joizki, bunday o‘rganishlar aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish, mavjud muammolarni tizimli hal etish hududlarda yashash sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi.

Mazkur masala deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 3