Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
“JANUB QUYOSHI” gazetasining 2026-yil 26-iyun kunidagi 9-10-sonida:
янв.21
Madad bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda.
янв.21
Murojaatlar ijobiy yechim topmoqda.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
MUNOSABAT:Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish – har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquqidir.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati mahalladagi islohotlar bilan tanishdi.
янв.21
Deputat nazoratida Sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari o‘rganildi.
янв.21
Qurilish obyektlaridagi ishlar o'rganildi.
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati O.Egamberdiyeva tomonidan o‘z saylov okrugidagi saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda. 

️Uchrashuv davomida hudud aholisini qiynayotgan dolzarb muammolar, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar hamda infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha taklif va mulohazalar tinglanmoqda.

Shuningdek, fuqarolar tomonidan yo‘llarning ta’miri, ichimlik suvi ta’minoti, elektr energiyasi uzluksizligi, bandlik masalalari hamda yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga oid murojaatlar bildirildi. 

️Deputat tomonidan har bir murojaat alohida qayd etilib, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Uchrashuv jarayonida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berilib, kelgusida rejalashtirilayotgan loyihalar haqida ham batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

 Saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanib, ularni amaliyotga joriy etish muhimligi ta’kidlandi.

Yakunda deputat saylovchilar bilan doimiy muloqotda bo‘lish, ularning muammolarini o‘z vaqtida o‘rganib, yechim topish ustuvor vazifa ekanligini bildirib o‘tdi hamda fuqarolarni yanada faol bo‘lishga, hudud rivojiga o‘z hissasini qo‘shishga chaqirdi.

Slide 1 of 1