Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatida fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik va deputatlik nazorati masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhining maslahat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
#24-tavsiya _bo'yicha
янв.21
Kengash raisi tomonidan qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Haftalik_ish_reja_ijrosi
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar
янв.21
“Yoshlar kuni” munosabati bilan Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 18-Yangi turmush saylov okrugi deputati Sevara Yuldosheva hamda Angor tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i Farxod Raxmonov bilan birgalikda Angor tumani ixtisoslashtirilgan maktabida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Haftalik_ish_reja_ijrosi
янв.21
Xalq deputatlari Angor tuman Kengashining 18-Yangi turmush saylov okrugi deputati Yuldosheva Sevara tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida amaliy ishlar olib borilmoqda.
DEPUTAT O`RGANISHIDAGI MUROJAAT IJOBIY HAL ETILDI.

Xalq deputatlari tuman Kengashiga Zafar shaharchasi Toshkent ko‘chasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlardan murojaat kelib tushdi.

Mazkur murojaat yuzasidan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Xolmurzayev hamda kotibiyat mudiri, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat Q.Bobojonov ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida tadbirkorlar va mahalliy aholi fikrlari tinglandi. Toshkent ko‘chasida o‘rnatilgan “To‘xtash taqiqlanadi” yo‘l belgisi joylashuvi bo‘yicha Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limiga murojaat qilinib, aholi e’tirozlari asoslab berildi.

Natijada deputat murojaati ijobiy hal etilib, yo‘l belgisi boshqa joyga ko‘chirildi.

Deputat nazorati — aholi va tadbirkorlar manfaatlari yo‘lida xizmat qiladi.

Slide 1 of 3