Yangiliklar

XON ATLAS -2024

 XON ATLAS -2024 

   Yurtimiz bo'ylab o'tkazilayotgan “Xon atlas - 2024” haftaligi doirasida
Oqdaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ham keng miqyosda milliylikga
yo'g'rilgan targ'ibot tadbirlari o'tkazilib kelinmoqda. 

 Milliy liboslarimizda xalqimizning ko'p
asrlik o'tmishi, urf-odat va an'analari, estetik qarashlari, o'ziga xos
xususiyatlari mujassam bo'lib, bunday tadbirlar madaniy ildizlarimizga ehtirom
va qiziqishni yanada kuchaytiradi. 

 Tadbirga Xalq deputatlari tuman Kengashi
deputati Y.O'roqova, Zarafshon MFY faollari hamda ota-onalar ishtirok etishdi.  

Slide 1 of 2