Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Sayfiddinova Muhiba va Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Nilufar Akramovalar tomonidan tumandagi Gulobod va Uzunqishloq mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda deputatlar tomonidan birinchi chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.
Shuningdek Adolat partiyasi tomonidan "Korrupsiyaga qarshi kurashish" oyligi doirasida tushuntirishlar, amalga oshirilgan ishlar, muammolar va ularni hal qilish yo‘llari haqida ma’lumot berdi. Yig‘ilish ishtirokchilari o‘zaro fikr almashdilar, korrupsiyaning oldini olish uchun zarur chora-tadbirlar bo‘yicha takliflar bildirishdi.
Uchrashuv so‘ngida hududdagi muammolar o‘rganildi.