Deputatlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda
🔹Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari Z.Suyarova, G.Xusanova va O‘zLiDeP tuman Kengashi raisining o'rinbosari M.Usanovalar tomonidan tumandagi Girdiqo'rg'on mahallasida joylashgan 27-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida o‘rganish olib borildi.
🔹Ushbu muassasa 120 o'ringa mo'ljallangan bo'lib, 140 nafar tarbiyalanuvchini qamrab olgan.
🔹DMT tashkilotida ichimlik suvi hamda boshqa muammolari o'rganilib, mas'ul tashkilotlar bilan ushbu masalalarni hal etish bo'yicha tegishli choralar ko'rilmoqda.