O'zbekiston Adolat SDP Qo'shko'pir tumani Kengashi tomonidan tumandagi 4 va 8-son maktablarida “Aholining korrupsiyaga qarshi kurashishda faolligini oshirish – qonun ustuvorligi garovi!” mavzusi bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot tadbiri o'tkazildi. Yig‘ilishda korrupsiyaning zarari va salbiy oqibatlari bo‘yicha tushunchalar berildi.
Mavzu yuzasidan batafsil tushunchalar berib o‘tildi. Tadbirda tumanda Advakatlik faoliyatini olib borayotgan Xasanboy Elnazarovich Muhammadjanov va Xalq deputatlari Qo'shko'pir tuman Kengashi deputati Karimov Odamboylar qatnashdilar.