Yangiliklar

Dasturning bajarilishi - nazoratda

Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Ibragimova Nilufar "Boburbek-Market"MCHJga borib, bugungi kunda olib borilayetgan ishlar bilan tanishdi.MTTning binosi kurilish jarayonida bo‘lib, binoning ichki qismiga isitish tarmog‘i qurilayotganligini, ustalar ishlab turganligi aniklandi, ish yurituvchi X.Shamshaddinov bilan bo‘lgan suxbatda 2 oyda qurilishi yakunlanishi xakida maьlumot berdi. MCHJning raxbari B.Nuraddinov bilan suxbat jarayonida 50 o‘ringa mo‘ljallangan davlat sherikchilik asosida uy bokchasini ishga tushirish jarayonida ekanligini, 10 nafar ishsiz fuqaroni bandligini taьminlabgina qolmay, Chamanzor maxallasi axoli uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan maktabgacha taьlim muassasasi ish boshlashi to‘g‘risida axborot berdi.

Slide 1 of 1