Yangiliklar

TA’LIM SIFATI VA O‘QUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR DEPUTATLIK E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashi deputati M. Qonayeva tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ–637-son Qonuni ijrosini o‘rganish maqsadida deputatning saylov okrugida joylashgan 14-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida nazorat-o‘rganish tadbiri tashkil etildi.

O‘rganish davomida ta’lim muassasasida o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv xonalarining holati, ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish imkoniyatlari hamda o‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishi uchun mavjud muhit bilan tanishildi.

Shuningdek, ta’lim muassasasi faoliyatida ta’lim olish uchun zarur sharoitlarni ta’minlash, o‘quvchilarning huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ta’lim jarayonini amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 2