Baxmal tumanida ijtimoiy sohada olib borilayotgan ishlar holati o‘rganildi
Baxmal tumani hokimligida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Aziz Ergashev hamda Jizzax viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari D.Xudoyshukurov ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tumandagi ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar hamda mavjud kamchiliklar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, hududdagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyati, yaratilgan sharoitlar hamda mavjud muammolar, obyektlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishildi.
Aniqlangan muammolarni hal etish, amalga oshirilayotgan na’munali loyihalarni Baxmal tumani tajribasi asosida boshqa hududlarda joriy etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.